Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

To‘rtko‘lda 79 yoshli ayol o‘z uyida o‘ldirib ketildi

To‘rtko‘lda 79 yoshli ayol o‘z uyida o‘ldirib ketildi

Foto:«Xabar.uz»

Ijtimoiy tarmoqlarda Qoraqalpog‘istonning To‘rtko‘l tumanida ayol kishi va uning yosh nabirasi o‘ldirib ketilgani haqida tarqalgan xabarlar rost bo‘lib chiqdi. 

«Xabar.uz» so‘roviga javoban Bosh prokuratura matbuot xizmatining ma’lum qilishicha,  shu yilning 29-noyabr kuni ertalab to‘rtko‘llik  79 yoshli S. D.ning (ayol) murdasi  qotillik alomatlari bilan o‘z xonadoni mehmonxonasidan topilgan.  Shuningdek, voqea joyida ayolning 22 yashar nabirasi (qiz bola, talaba) tan jarohatlari (o‘tkir tig‘li jism bilan tanasiga bir necha marta  urilgan) bilan yotgani ham aniqlangan.

Hozirda nabira kasalxonada. Unga yetkazilgan jarohatlar darajasini aniqlash uchun sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.

Holat bo‘yicha  qasddan odam o‘ldirish alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayni paytda  tezkor-tergov guruhi  tuzilib, jinoyatni fosh etish choralari ko‘rilmoqda.            

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring