Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tog‘li hududlar aholisi ogohlantirildi

Tog‘li hududlar aholisi ogohlantirildi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekistonning tog‘li hududlarida 20−22 mart kunlari sel-suv toshqin xavfi e’lon qilindi.

Kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli 20−22 mart kunlari respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin, deya xabar bermoqda O‘zgidromet xizmati.

Qayd etilishicha, kuchli yomg‘irlar tufayli respublika hududi bo‘yicha yomg‘ir suvlari to‘planishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin.

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlari so‘ralgan.

Shamol ham ayrim joylarda kuchli bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring