Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

TIV Qozog‘istonga avtobus yoki avtomobilda boruvchilarni ogohlantirdi

TIV Qozog‘istonga avtobus yoki avtomobilda boruvchilarni ogohlantirdi

Foto: «Sputnik»

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Konsullik-huquqiy departamenti fuqarolarni Qozog‘istonga safar qilishda qo‘shni mamlakatning ayrim hududlarida havo harorati keskin tushib ketganini hisobga olishga chaqirdi.

Jumladan, avtobus yoki boshqa avtomobil transporti turlarida Rossiyaga o‘tayotganda duch kelishi mumkin bo‘lgan xavflarni hisobga olish zarurligi uqtirildi.

O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchixonasi Konsullik bo‘limi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, qattiq sovuq tushgani munosabati bilan respublika ahamiyatidagi «Astana-Petropavlovsk» trassasi avtotransportlar uchun yopilgan, mahalliy aholiga esa safarlarga chiqmaslik tavsiya qilingan.

Ayni paytda Qozog‘iston hududida qahraton havo kuzatilmoqda. Harorat kechasi -45 darajagacha sovuq bo‘lmoqda. Kuchli qor bo‘roni, yo‘llarning muzlashi yo‘l transporti uchun og‘ir sharoitlarni yuzaga keltirmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring