Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

TIV ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus YTHga uchraganini tasdiqladi

TIV ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus YTHga uchraganini tasdiqladi

Foto: uzdaily.uz

Qozog‘istonning Pavlodar viloyatida 2020-yil 6-mart kuni 26 o‘zbekistonlikni olib ketayotgan avtobus ag‘anab ketgani haqida xabar berilgan edi.

O‘zbekistonning Nur-Sulton shahridagi Yelchixonasi konsullik bo‘limi Novosibirsk-Toshkent yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotgan avtobus halokatga uchraganini tasdiqladi.

Tekshiruvlardan so‘ng, voqea joyiga kelgan Qozog‘istonning tegishli xizmatlari tomonidan avtobusda bo‘lgan 28 kishi, shu jumladan 26 nafar O‘zbekiston fuqarolari kasalxonaga yotqizishga muhtoj emasliklari aniqlangan.

«Avtobus yo‘lovchilari o‘z safarlarini boshqa transport vositasida davom ettirdilar. Vaziyat Elchixona Konsullik bo‘limi nazorati ostida.

Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquq departamenti yana bir bor O‘zbekiston fuqarolarining e’tiborini sovuq mavsumda avtobus yoki boshqa avtotransport vositalarida Qozog‘iston hududiga kirish yoki undan o‘tishda barcha xatarlarni inobatga olish va tegishli choralarni ko‘rish zarurligiga qaratadi.

Qozog‘istonda bo‘lib turgan, shu jumladan tranzit orqali o‘tayotgan O‘zbekiston fuqarolari zarur hollarda Nur-Sulton shahridagi O‘zbekiston Echixonasi (Nur-Sulton shahri, Akmola, Shimoliy Qozog‘iston, Pavlodar, Kostanay va Qarag‘anda viloyatlari, tel .: + 7-717-295-45-87, + 7-777-218-20-10 (Telegram, Whatsapp, Imo); Aktau shahridagi Bosh konsulxona (Aqto‘be, Atirau, G‘arbiy Qozog‘iston va Mangistau viloyatlari, tel.: + 7-29-277-71-17, + 7-777-599-00-50, + 7-777-599-00-51); Olmaota shahridagi Bosh konsulxonaga (Olmaota sh., Chimkent sh., Olmaota, Sharqiy Qozog‘iston, Jambil, Qizilo‘rda va Turkiston viloyatlari, tel.: + 7-727-299-20-70, + 7-727-390-26-16) murojaat qilishlari mumkinligini eslatadi», deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring