Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tarixiy yodgorlik o‘rniga uy qurilib, 72 mlrd. so‘m zarar yetkazildi

Tarixiy yodgorlik o‘rniga uy qurilib, 72 mlrd. so‘m zarar yetkazildi

Prokuratura va Davlat xavfsizlik xizmati organlari tomonidan o‘rta asrlarga oid noyob madaniy meros ob’yekti buzilib, o‘rniga uy-joy qurib yuborilgani aniqlandi.

Jumladan, Namangan viloyati, Yangiqo‘rg‘on tumani Navkent mahallasida joylashgan «O‘rdatepa» arxeologiya yodgorligining 0,03 gektar qismi fuqaro J.U. tomonidan hamda 0,02 gektar qismi fuqaro A.Yu. tomonidan maxsus texnika yordamida buzib tashlanib, o‘rniga o‘zboshimchalik bilan uy-joy qurilgan.

Oqibatda tarixiy yodgorlikkka qariyb 72 mlrd. so‘mlik jiddiy zarar yetkazilgani aniqlandi.

Eslatib o‘tamiz, avval Yangiqo‘rg‘on tumani «Gaiston» mahallasida joylashgan «Gaistontepa» arxeologiya yodgorligida ham shunday holat aniqlangan va tarixiy yodgorlikka 80 mlrd. so‘mlik jiddiy zarar yetgandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring