Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

So‘nggi bir yil ichida eng kuchli magnit bo‘roni kuzatildi

So‘nggi bir yil ichida eng kuchli magnit bo‘roni kuzatildi

Foto: Freepik

Yerda eng kuchli magnit bo‘roni kuzatilmoqda. Bu haqda «Fobos» ob-havo markazi yetakchi mutaxassisi Mixail Leus o‘z telegram-kanalida xabar berdi.

«Kechki payt (24-mart — tahr.) magnit bo‘roni yana boshlandi. Soat 19 dan 29 daqiqa (Moskva vaqti) o‘tganidan boshlab esa magnit maydoni qo‘zg‘alish Kr-indeksi 8 birlikka yetdi, bu G4 darajasidagi juda kuchli magnit bo‘roni yuz berganini anglatadi», — deyiladi xabarda.

Leusga ko‘ra, Yerda so‘nggi marta bunday kuchli magnit bo‘roni o‘tgan yilning aprelida kuzatilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring