Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sirdaryoga cho‘kib ketgan ayolning jasadi qidirilmoqda

Sirdaryoga cho‘kib ketgan ayolning jasadi qidirilmoqda

Joriy yilning 15 sentyabr kuni soat 15:30larda Namangan viloyatining Pop tumanidagi Uyg‘ur mahallasida yashagan ayol Mirzaorol mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi Sirdaryo daryosiga ehtiyotsizlik oqibatida tushib cho‘kib ketgan.

Bu haqida voqea yuz berganidan yarim soat o‘tib, viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushdi. Viloyat FVB qutqaruv otryadining suvda qidiruv-qutqaruv guruhi hamda Pop tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limining yong‘in-qutqaruv guruhi zudlik bilan voqea joyiga yetib bordi. Shu joyning o‘zida dastlabki suv osti va suv usti qidiruv-qutqaruv ishlari olib borildi.

Ayni paytda ham qutqaruv otryadining suvda qidiruv-qutqaruv guruhi va Pop tumani FVB yong‘in-qutqaruv guruhidan 20 nafar xodim hamda bir qator ko‘ngillilar tomonidan hodisa yuz bergan joyda suv osti va suv ustida qidiruv-qutqaruv ishlari davom ettirilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring