Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sirdaryoda «Neksiya» avtohalokatga uchradi (foto)

Sirdaryoda «Neksiya» avtohalokatga uchradi (foto)

Foto: «Yhxbb.uz»

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabariga ko‘ra, kuni kecha, ya’ni 23-iyul kuni soat 19:30 larda Sirdaryo viloyati Guliston shahar Bahor MFY hududidan o‘tuvchi M34 xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yo‘lining 111-kilometrida haydovchi, 1989-yilda tug‘ilgan G‘.Q. «Neksiya» rusumli transport vositasini «Toshkent-Dushanbe» yo‘nalishida boshqarib ketayotib, o‘zidan oldinda qayrilish mumkin bo‘lgan joydan ortga qayrilayotgan haydovchi Z.K. boshqaruvida bo‘lgan «SINOTRUK HOWO» rusumli yuk avtomashinasining orqa tomoniga urilib, YTH sodir etgan.

Natijada «Neksiya» rusumli transport vositasi haydovchisi 31 yoshli G‘.Q. og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etgan. Ushbu avtomashina yo‘lovchilari 2000-yilda tug‘ilgan B.Turdiyev va M.Bobosherovlar tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB Tergov Departamenti tomonidan tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Barcha yo‘l harakati qatnashchilaridan yo‘llarda harakatlanganda belgilangan qoidalarga, yo‘l belgilari va chiziqlari talablariga rioya qilishlari, o‘zi va o‘zgalar hayotini xavf ostiga qo‘ymasliklari so‘raladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring