Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sirdaryoda «ko‘cha zo‘rlari»ga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Sirdaryoda «ko‘cha zo‘rlari»ga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Boyovut tumanida bir kishini bir-necha «ko‘cha zo‘rlari» do‘pposlaganligi aytilayotgan videolavha yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB mas’ul xodimlari tomonidan tekshiruv ishlari olib borildi.

Mazkur holat joriy yilning 20 fevral kuni Boyovut tumani «Bekat» mahallasida sodir bo‘lgan. Bu haqda viloyat IIB navbatchilik qismiga xabar berilib ro‘yxatga olingan. Boyovut tumani IIB xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilib, tekshiruvlar davomida barcha gumonlanuvchilar aniqlangan.

Hozirda holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 277 moddasi 2 qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring