Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sergelida avtokran haydovchisi elektr toki urishi oqibatida halok bo‘ldi, avtokran yonib ketdi

Sergelida avtokran haydovchisi elektr toki urishi oqibatida halok bo‘ldi, avtokran yonib ketdi

Foto: Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi

2019-yil 12-iyul kuni soat 11:49 da, Sergeli tumani, 8-sonli qurilish uchastkasida avtokran yongan. Bu haqda Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi xabar bermoqda.

Yong‘in o‘chirish jangovar bo‘linmalari chaqirilgan manzilga soat 12:00da yetib borgan va ko‘rilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yong‘in soat 12:34 o‘chirilgan. Yong‘in joyiga 2 ta yong‘in o‘chirish texnikasi jalb qilingan.

Yong‘in avtokran o‘qi (strela) yuqori kuchlanishdagi elektr simlariga tegishi oqibatida sodir bo‘lgan, deb taxmin etilmoqda. Yong‘indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Elektr jarohati oqibatida avtokran haydovchisi vafot etgan. 

Shu munosabat bilan, Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha ob’yekt rahbar hamda xodimlari, shuningdek fuqarolardan yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etishni so‘ragan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring