Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Saratovdagi YTHda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarning ismlari ma’lum qilindi

Saratovdagi YTHda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarning ismlari ma’lum qilindi

Foto: «Vzglyad-info»

O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi 2018 yilning 17 noyabr kuni 12:00larda (Moskva vaqti bilan) Saratov viloyati, Ozinskiy tumani hududidan o‘tuvchi A-298 Federal avtomobil yo‘lining 225 kmda «Saratov – Uralsk - Kazaxstan» yo‘nalishida xarakatlanib kelayotgan d/r KZ 271 KFB 13 «Setra» rusumli avtobusi temir yo‘l poyezdining kesishmasida 3003s sonli yuk poyezdi bilan to‘qnashishi oqibatida halok bo‘lgan 5 nafar o‘zbekistonlikning shaxsini ma’lum qildi.

FVV ma’lumotiga ko‘ra, vafot etgan fuqarolar:

Bozorov Abdubannob Maxmutaliyevich, 1975 y.t. (yo‘lovchi).
Egamov Alimardon Qosimaliyevich, 1986 y.t. (yo‘lovchi).
Qosimova Gulxumor Jumaboyevna, 1987 y.t. (yo‘lovchi).
Xalilova Orzixon Uktamovna, 1987 y.t. (yo‘lovchi).
Zaidov Murodjon Yusupovich, 1975 (yo‘lovchi).

Vafot etgan fuqarolarning jasadlari Ozinskiy tumani markaziy shifoxonasi morgida saqlanmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar, Tashqi ishlar, Ichki ishlar, Sog‘liqni saqlash vazirliklari va O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi bilan hamkorlikda vafot etgan fuqarolarning shaxsiga to‘liq aniqliklar kiritish, yaqin qarindoshlariga xabar berish bo‘yicha tashkiliy ishlar amalga oshirilmoqda.

Avvalroq, Rossiya politsiyasi tomonidan avtobus haydovchisi qo‘lga olingani va unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgani haqida xabar bergan edik.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring