Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samolyot yo‘lovchining o‘limi sabab Toshkentga favqulodda qo‘ndi

Samolyot yo‘lovchining o‘limi sabab Toshkentga favqulodda qo‘ndi

«British Airways» kompaniyasining Islomoboddan Londonga uchayotgan Boeing 777-200ER samolyoti 22sentyabr kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga favqulodda qo‘ndi.

Qayd etilishicha, ushbu reysdagi 83 yoshli yo‘lovchi ayol o‘zini yomon his qilgan. Samolyot Toshkentga yetib kelganida ayol vafot etgan. Barcha yo‘lovchilar samolyotdan tushirilib, Toshkent aeroporti hududiga joylashtirilgan.

Toshkent aeroporti xodimining so‘zlariga ko‘ra, ayolning o‘limiga sabab yurak urishining to‘xtashi bo‘lgan. U marhumaning qaysi davlat fuqarosi ekanligini ayta olmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring