Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Samarqandda «Nexia» portladi

Samarqandda «Nexia» portladi

Foto: YHXBB axborot xizmati

Bugun, 9-iyun kuni soat 04:35 larda, Samarqand shahar Mirzo Bedil ko‘chasida joylashgan «Ishonch Standart» MChJ avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida fuqaro M.U. boshqarib kelgan, 2002 yilda ishlab chiqarilgan «Nexia» rusumli avtomobilga o‘rnatilgan gaz ballon yorilishi oqibatida portlash sodir bo‘lgan.

Portlash oqibatida avtomobil va shoxobchaning gaz taqsimlash ayvonining tunukali shift qismi zararlangan.

Hodisa natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.

Mazkur hodisa yuzasidan Samarqand shahar FVB va IIO FMB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring