Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyadan kelayotgan 2 o‘zbek samolyotdan tushirib yuborildi

Rossiyadan kelayotgan 2 o‘zbek samolyotdan tushirib yuborildi

29-oktyabr kuni Rossiyadan chiqarib yuborilayotgan O‘zbekiston fuqarolari X.A. va Sh.T. “Ural avialiniyalari” aviakompaniyasining Yekaterinburg-Toshkent yo‘nalishidagi reysidan tushirib yuborilgan.

O‘zbekistonning Yekaterinburg shahridagi bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, ular samolyot uchishigacha uning hojatxonasida tamaki chekkan.

Ular Sverdlovsk viloyati bo‘yicha Chet ellik fuqarolarni vaqtincha saqlash markaziga qaytarib olib ketilgan va ular o‘z hisoblaridan aviachiptalarni qaytadan sotib olishgan.

Avvalroq bosh konsulxona X.A.ga vatanga qaytish uchun sertifikatni rasmiylashtirib bergan edi va uning aviachiptasi Rossiya federal budjeti hisobidan xarid qilingan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring