Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rossiyada 5 o‘zbekistonlik YTHga uchradi

Rossiyada 5 o‘zbekistonlik YTHga uchradi

27-sentyabr kuni M5 “Ural” avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi natijasida O‘zbekistonning 5 fuqarosi jabrlangan.

O‘zbekistonning Qozon shahridagi bosh konsulxonasi ma’lumotlarga ko‘ra, ular turli jarohatlar bilan Nijniy Lomov tumanlararo kasalxonasiga yotqizilgan.

Kasalxona vakilining so‘zlariga ko‘ra, tibbiy yordam ko‘rsatilganidan keyin jabrlanganlarning ahvoli barqarorlashgan.

Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring