Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qozog‘istonda 20 yoshli haydovchi kollej o‘quvchilarini bosib ketdi

Qozog‘istonda 20 yoshli haydovchi kollej o‘quvchilarini bosib ketdi

Qozog‘istonning g‘arbida yengil avtomobil haydovchisi bir guruh kollej o‘quvchilari ustiga bostirib borgan. Bu haqda «Sputnik» nashri xabar berdi.

Voqea Xromtau shahrida yuz bergan. Dastbalki ma’lumotlarga ko‘ra, 20 yoshli haydovchi avtoturargohdan chiqayotib, boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘l chetidagi odamlar ustiga bostirib borgan.

Halokat oqibatida 10 o‘quvchi jabrlangan. Ularning barchasi Xromtau tuman shifoxonasiga joylashtirilgan. Aniqlanishicha, jabrlanganlar Xromtau tog‘ texnika kolleji o‘quvchilari hisoblanishadi.

Hozir politsiya sudgacha tergov harakatlarini boshlab yuborgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring