Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qizdan besh ming dollar talab qilgan «oshiq» qo‘lga olindi

Qizdan besh ming dollar talab qilgan «oshiq» qo‘lga olindi

Foto: Prokuratura departamenti.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda IIBning Shahrisabz shahar bo‘limlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro O.I. «A.» ismli qiz bilan gaplashib yurib, uning shaxsiy foto suratlarini qo‘lga kiritib, ushbu suratlarni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib yuborish bilan qo‘rqitib, evaziga undan 5 000 AQSh dollari talab qilib, shundan 1 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) va 141-1-moddasi (shaxsiy hayot daxlsizligini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergovga tegishliligi bo‘yicha yuborilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring