Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qirg‘izistonda dahshatli muz ko‘chkisi turistlar ustiga yopirildi (video)

Qirg‘izistonda dahshatli muz ko‘chkisi turistlar ustiga yopirildi (video)

Qirg‘iziston baland tog‘liklarida muz ko‘chishi hodisasi ro‘y berdi. Ko‘chki Qorako‘ldan 70 km uzoqda Issiqko‘l tog‘ligi Jukuu darasida sodir bo‘ldi.

Xavfli hodisa 10 ga yaqin xorijiy sayyoh ko‘z o‘ngida yuz bergan. Bir nafar sayyoh oyog‘idan lat yegan. Qolganlar hodisadan jabrlanmagan.

«Odatda, qor ko‘chish hodisalari yoki qor ko‘chish xavfi to‘g‘risida ko‘p eshitamiz. Ammo, tabiatda muz ham ko‘chib turadi. Bu hodisa odatda issiq yoz oylarida kuzatiladi. Tabiiyki, yoz oylarida sayyohlardan tortib, dam oluvchilarning hammasi tog‘larga oshiqadi. Muzliklar mavjud tog‘lardagi muz ko‘chish hodisalari bu o‘ta xavfli hodisadir», deydi mutaxassis.

Qayd etilishicha, O‘zbekistonda muzliklar ancha kam va hozir bu muzliklarga sayyoh va dam oluvchilar muntazam chiqa olmaydi.

Shunga qaramay, oxirgi yillar Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi muzliklariga qatnov ko‘paygan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring