Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qibrayda 16 kishi is gazidan zaharlandi, 11 nafari — bolalar

Qibrayda 16 kishi is gazidan zaharlandi, 11 nafari — bolalar

Foto: Xabar.uz

Bugun, 1 dekabr erta tongida Toshkent viloyati, Qibray tumanidagi Alisherobod mahallasida 16 kishidan iborat oila a’zolari is gazidan zaharlandi. Ulardan 11 nafari voyaga yetmagan bolalar ekani xabar qilinmoqda.

Hodisa ertalab soat 05:30 atrofida ro‘y bergan. Is gazidan zaharlanganlar tibbiyot muassasasiga murojaat qilgan, jabrlanganlar orasida vafot etganlar yo‘q.

Ayni vaqtda hodisaga nima sabab bo‘lganini aniqlash uchun tezkor surishtiruv guruhi ish olib bormoqda. Tekshiruv natijalari xabar qilinishi aytib o‘tilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring