Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Prava» va’da qilganlarning «misi chiqdi»

«Prava» va’da qilganlarning «misi chiqdi»

Foto: Prokuratura departamenti.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Quva tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda  tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda fuqaro T.M.  2 nafar fuqaroni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasini olish uchun bo‘lib o‘tadigan test sinovlaridan o‘tkazib qo‘yish evaziga 2 400 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departament hamda DXXning Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda «Vatanparvar» tashkiloti Baxmal o‘quv-sport texnika klubi boshlig‘i X.R. fuqaro Z.Z.ga haydovchilik guvohnomasini olib berish evaziga 300 AQSh dollari va 310 ming so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. O‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda davomida X.R. «Sh.A» MChJ avtomaktabi mas’ul shaxslari bilan o‘zaro til biriktirib, 6 nafar fuqaroga avtomaktabda o‘qiganligi haqida soxta hujjat rasmiylashtirib berganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring