Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda yer qimirladi

O‘zbekistonda yer qimirladi

Foto: «Xabar 24»

Bugun Toshkent vaqti bilan 15:47da O‘zbekistonda yer silkinishi qayd etildi.

Ayniqsa, Farg‘ona vodiysida zilzila kuchi yaqqol sezilgan. Toshkent shahrida esa yengil yer silkinishi kuzatildi.

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi ma’lum qilishicha, yer silkinishi Qirg‘iziston hududida qayd etilgan.

Koordinatalar 40,15 gradus shimoliy kenglik, 71,21 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,3. Chuqurlik h=30 km. 

Toshkentgacha masofa 209 km janubiy-sharqiy yo‘nalish bo‘yicha.

Yer silkinishi O‘zbekiston hududida:

Namangan: 102 km - 2 ball;
Andijon: 119 km - 2 ball;
Farg‘ona: 55 km - 3 ball.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring