Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘tgan yili baxtsiz hodisalar natijasida qancha odam vafot etgani aytildi

O‘tgan yili baxtsiz hodisalar natijasida qancha odam vafot etgani aytildi

O‘zbekistonda 2022-yilda sodir bo‘lgan tabiiy va texnogen favqulodda vaziyatlar oqibatida 287 nafar inson halok bo‘lgani ma’lum qilindi. 

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2022-yilda sodir bo‘lgan tabiiy va texnogen xususiyatdagi favqulodda vaziyatlar 131 tani tashkil etgan. Oqibatda 287 nafar inson halok bo‘lgan, 297 nafari jabrlangan.

Shundan tabiiy xususiyatdagilari 55 tani, halok bo‘lganlar 127 nafarni, jarohat olganlar 88 nafarni tashkil etgan. Texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning asosiy qismini yong‘inlar tashkil etgan.

Eslatib o‘tamiz, bugun 28 sentyabr kuni Toshkentda kuchli portlash yuz berdi. Natijada 15 yoshli o‘spirin halok bo‘ldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring