Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘pirilish ostidan beshinchi ishchining jasadi olib chiqildi

O‘pirilish ostidan beshinchi ishchining jasadi olib chiqildi

Toshkent metropoliteni Yunusobod yo‘lining yangi qurilayotgan qismida halok bo‘lgan beshinchi fuqaro ma’lum bo‘ldi, deb xabar berdi FVV matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, Toshkent metropoliteni Yunusobod yo‘lining yangi qurilayotgan qismida yuzaga kelgan favqulodda vaziyatdan so‘ng olib borilgan qidiruv-qutqaruv ishlari natijasida bu yerda halok bo‘lgan beshinchi fuqaroning jasadi tuproq ostidan olib chiqilgan va uning shaxsi aniqlangan.

U 1996 yilda tug‘ilgan I.Rahmatovdir.

Hodisa sabablari va oqibatlarini o‘rganish va bartaraf qilish ishlari davom etmoqda.

Hozirda, Hukumat komissiyasi tomonidan halok bo‘lgan fuqarolarning yaqinlariga zarur bo‘lgan yordamlarni ko‘rsatish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bungacha to‘rt nafar ishchining jasadi olib chiqilib, ularning shaxsi aniqlangan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring