Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Navoiyda tog‘a jiyani sabab o‘zini osganmidi? Prokuratura bayonot berdi

Navoiyda tog‘a jiyani sabab o‘zini osganmidi? Prokuratura bayonot berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda «Xatirchi tumanida yashovchi Norqulov Botir tomonidan tog‘asi F.O‘ralov o‘z joniga qasd qilib vafot etganligi va marhumning osilgan holatda topganligini, haqiqatni ochishda yordam so‘raymiz» nomli xabar tarqatildi.

Aniqlanishicha, Xatirchi tumanida yashovchi F.O‘ralov 2019-yil 10-mart kuni qo‘y qo‘rasida o‘zini osib, joniga qasd qilgan.

Xatirchi tuman sud tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, fuqaro F.O‘ralovning badanida biron-bir tan-jarohati mavjud emasligi aniqlangan.

Holat yuzasidan Xatirchi tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilib, biror-bir shaxsning harakatlarida jinoyat alomatlari aniqlanmaganligi sababli, 28.03.2019 yilda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksining 83-moddasi 2-bandiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad qilish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

Bundan tashqari, F.O‘ralovning jiyani B.Norqulov bir necha bor murojaat qilib, tog‘asiga nisbatan tazyiq o‘tkazilganligi va uni o‘limida sababchi bo‘lgan fuqaro O.Hakimovga nisbatan chora ko‘rilmayotganligini qayd etganligi holati tuman prokuraturasi tomonidan o‘rganilib, murojaatda ko‘rsatilgan vajlar o‘z tasdig‘ini topmagan, deyiladi Navoiy viloyati prokuraturasi xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring