Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mirobod tumanida Matiz yonib ketdi

Mirobod tumanida Matiz yonib ketdi

Bugun, 13 mart kuni Mirobod tumani Amir Temur  ko‘chasi 33-uy qarshisida soat 08:00 larda, haydovchi 1993 yilda tug‘ilgan N.A.ga tegishli Matiz rusumli transport vositasining dvigatel qismida qisqa tutashuv sodir bo‘lganligi oqibatida, yong‘in kelib chiqqan.

Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan.

Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.

Mazkur hodisa yuzasidan YHXB hamda FVB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilib, yong‘in yuzaga kelishining sabablari va zarar miqdoriga aniqlik kiritilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Chilonzorda Lacetti yonib ketgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring