Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Milliy gvardiya xodimi suvda cho‘kayotgan 8 yoshli bolani qutqardi (video)

Milliy gvardiya xodimi suvda cho‘kayotgan 8 yoshli bolani qutqardi (video)

Buxoro viloyati Kogon tumanida joylashgan «Bahouddin Naqshband» yodgorlik masjidiga hamda markaziga qarashli «Bibi Orifa» masjidini ziyorat qilishga tashrif buyurgan andijonlik oilaning 8 yoshli farzandi ota-ona qarovisiz qoldirilgani oqibatida masjid hovlisida joylashgan hovuzga tushib ketgan. Bu haqda Milliy gvardiya matbuot xizmati xabar berdi. 

Cho‘kishiga oz qolgan bir vaqtda, shu kuni xizmatda bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Buxoro viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi xodimi D.Xo‘jayev 40 soniya ichida bolani qutqarib qoldi. 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring