Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kadastr agentligi tuman bo‘limi boshlig‘i qo‘lga tushdi

Kadastr agentligi tuman bo‘limi boshlig‘i qo‘lga tushdi

Foto: Prokuratura departamenti.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan DXX va IIV xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda fuqaro N.Z. fuqaro R.A.ning Nukus shahridagi noturar binosi kadastr hujjatlarini tanishlari yordamida rasmiylashtirib berishi evaziga 5 mln so‘mini qo‘lga kiritib, yana 1,8 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, N.Z.ning ko‘rsatuviga asosan davom etgan tadbirda Kadastr agentligining Mo‘ynoq tuman bo‘limi boshlig‘i S.A. fuqaro R.A.ning noturar binosi kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berishi evaziga N.Z. orqali qo‘lga kiritgan 5 mln so‘mni qaytarib berayotgan vaqtida ushlanib, ushbu bino kadastr hujjatlari va 5 mln so‘m ashyoviy dalil sifatida olingan. 

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring