Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda quruvchilar tok urishi natijasida halok bo‘lishdi

Buxoroda quruvchilar tok urishi natijasida halok bo‘lishdi

Xabar berilishicha, Buxoro viloyati, Jondor tumanining Bahoriston mahallasidagi qishloqlardan birida noxush hodisa ro‘y berdi.

Ikki qavatli uy qurilishida ishlayotgan 4 nafar usta narvonni ko‘tarib, aylantirayotgan vaqtda, yuqori kuchlanishli elektr tokiga tegib ketgan.

Natijada 30 yoshlar atrofidagi ikki nafar erkak voqea joyida vafot etgan. Yana ikki nafar quruvchi shifoxonaning jonlantirish bo‘limida og‘ir avholda qolmoqda.

Holat yuzasidan Jondor tuman prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani aytilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring