«Internetda sharmandangni chiqaramiz» — ikki ayol 8 ming dollar bilan qo‘lga tushdi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tuman bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.
G.IYu. va N.I. ismli ayollar oldindan til biriktirib, fuqaro Sh.ni shaxsiy video va fotosuratlarini internet tarmoqlarida tarqatish orqali sharmanda qilish bilan qo‘rqitganlar.
So‘ngra undan tovlamachilik yo‘li bilan 8 000 AQSh dollarini talab qilib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Mazkur holat yuzasidan G.Yu. va N.I.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter