Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IIBB: kar-soqov qizni urib yashiringan yigit qo‘lga tushdi

IIBB: kar-soqov qizni urib yashiringan yigit qo‘lga tushdi
Chilonzor tumanida imkoniyati cheklangan yigit va qiz o‘rtasidagi janjal yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilayotganligi haqida xabar berilgandi.
 
Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan 1994-yilda tug‘ilgan O‘tkirjon Xolmatovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 277-moddasi (“Bezorilik”) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, O‘.Xolmatov tergovdan qochib yashiringan.
 
Toshkent shahar IIBBga ko‘ra, bugun  O‘tkirjon Xolmatov qo‘lga olingan, tergov davom etmoqda. 
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring