Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Iblis kometasi» Yerga yaqinlashmoqda

«Iblis kometasi» Yerga yaqinlashmoqda

Astronomlar 12/Pons-Bruks kometasi sayyoramiz tomon uchayotganini ma’lum qilishdi. Olimlar uning «shoxlarini» aniqlashgach, «Iblis kometasi» laqabini qo‘yishgan.

Britaniya Astronomiya assotsiatsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, u faol muz vulqoniga ega bo‘lgan 20 ga yaqin boshqa kometalardan biri hisoblanadi. Ba’zilar uni «Yulduzli urushlar» filmidagi «Mingyillik lochin» bilan solishtiradi. Olimlarning ta’kidlashicha, «shoxlar» aslida noodatiy chiqindilardan hosil bo‘lgan gaz va changning dumlari bo‘lib, ular hali ham o‘rganilmoqda.

Olimlarning ta’kidlashicha, kometa Everestdan ikki baravar katta.

Arizona shtatidagi Louell rasadxonasi astronomi Teddi Karrijga ko‘ra, katta ehtimol bilan bu samoviy jism insoniyat uchun xavf tug‘dirmaydi.

«U oddiy ko‘z yoki durbin bilan ko‘rish uchun yetarlicha yorqin bo‘lishi mumkin, ammo Yerga juda yaqin kelmaydi», — dedi olim.

Yorqin kometa 2024 yil aprel oyining o‘rtalarida Yerdan taxminan 232 million kilometr uzoqlikdan o‘tadi.

«Kelgusi aprel oyida to‘liq quyosh tutilishi aniq, shuning uchun odamlar kometa haqida ko‘p yangilik bo‘lmasa, uni ko‘rish uchun taqvimlarini belgilashni o‘ylab ko‘rishlari kerak», deydi Kareta.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring