Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada tirik mushukni yoqvorganlar shaxsi aniqlandi

Farg‘onada tirik mushukni yoqvorganlar shaxsi aniqlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘onada bir guruh shaxslar mushukni tirik holatda yoqvorishgani aks etgan video tarqaldi.

Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, Quvasoy shahar Qaramko‘l qishlog‘ida mushukni tiriklayin yoqib yuborilgan holat IIB xodimlari tomonidan o‘rganib chiqilgan.

Mazkur huquqbuzarlikni shu qishloqda yashovchi M.A va boshqalar sodir etganligi aniqlanib, ularga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 111-moddasi (Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish) bilan ma’muriy tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, jarima jazosi qo‘llanilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring