Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Lacetti» piyodalar yo‘lakchasida ona-bolani bosib ketdi

«Lacetti» piyodalar yo‘lakchasida ona-bolani bosib ketdi

Skrinshot.

19-yanvar kuni Farg‘ona shahar hududidan o‘tuvchi avtomobil yo‘lida haydovchi, 1987-yilda tug‘ilgan Y.A. «Lacetti» rusumli avtomobilni boshqarayotib, piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan 2001-yilda tug‘ilgan M.M. va uning qo‘lidagi farzandi F.M.ni urib yuborgan.

Hodisa natijasida, piyoda M.M.ga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan va qo‘lidagi farzandi, 2021 yilda tug‘ilgan F.M. tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Farg‘ona viloyati IIB huzuridagi TB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring