Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada ayol IIB binosi oldida o‘zini yoqib yubormoqchi bo‘ldi

Farg‘onada ayol IIB binosi oldida o‘zini yoqib yubormoqchi bo‘ldi

Internetdagi ijtimoiy tarmoqlarida tarqalgan «Farg‘ona viloyati ichki ishlar binosi oldida fuqaro nega o‘zini yoqmoqchi bo‘ldi» sarlavhali videoxabar tarqaldi.

Viloyat IIB holat yuzasidan ma’lumot berdi. 

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 15-noyabr kuni viloyat IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro M.A. (IIB oldida o‘zini yoqmoqchi bo‘lgan ayolning qizi) Farg‘ona shahridagi mehmonxonalarning birida 2.250.000 so‘m pul evaziga 4 nafar shaxslarga jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib berib, kelishilgan pullarni olgan vaqtida xolislar ishtirokida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Bundan tashqari, fuqaro M.A. voyaga yetmagan D.F. va X.M. larni o‘ziga moddiy jihatdan qaram qilib, yashash uyida tutqunlikda saqlab, erkak mijozlarga moddiy manfaat evaziga jinsiy aloqa qilishga majburlab kelganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan M.A. ga nisbatan Farg‘ona viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan JKning 135-moddasi 3-qismi «a» bandi, 131-moddasi 1-qismi hamda 109-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 2022-yil 16-noyabr kuni JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.

Shuningdek, jinoyat ishi bo‘yicha jabrlanuvchi va guvohlarning ko‘rsatuvidan kelib chiqib, 2022-yil 19-noyabr kuni ayblanuvchi M.A. ning boshqaruvida bo‘lgan, «Malibu» rusumli transport vositasi Farg‘ona shahar A.Navoiy ko‘chasi 30-uy yonida turganligi aniqlanib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda 2 dona pichoq va boshqa buyumlar daliliy ashyo tariqasida olinib, avtomashina qonuniy egasi A.M. ga tilxat orqali topshirilgan.

Shuningdek, IIB binosi oldida o‘zini yoqmoqchi bo‘lgan ayol bilan boshqarma rahbariyati suhbatlashib, holat yuzasidan tushuntirishlar bergan, deyiladi IIB xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring