Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

FarDU o‘qituvchisining o‘limiga bog‘liq qo‘shimcha tafsilotlar paydo bo‘ldi

FarDU o‘qituvchisining o‘limiga bog‘liq qo‘shimcha tafsilotlar paydo bo‘ldi

Kecha Farg‘ona davlat universiteti o‘qituvchisi katta miqdordagi mablag‘ni qimorda yutqazib qo‘ygani sababli o‘z joniga qasd qilgani oid xabarlar tarqalgandi.

Ko‘p o‘tmay marhumning o‘limiga bog‘liq boshqa sababga bog‘liq ekani haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Ya’nikim, Farg‘ona davlat unversitetidagi Kun.uz manbasi marhumning o‘limiga qimor emas, balki  butunlay boshqa voqelik sabab bo‘lgani haqida ma’lum qildi. Ya’ni, manba marhum So‘x tumanida istiqomat qiluvchi bir fuqarodan kontrakt-shartnoma asosida o‘qishga kiritib qo‘yib sharti bilan katta miqdorda  pul olayotgan vaqtda huquqni muhofaza qiluvchi organ vakillari tomonidan qo‘lga olingani, shuning natijasida u  o‘zini o‘zi o‘ldirish sababini shu holat bilan bog‘lab, bayonot berdi.

«Xabar.uz» voqelikka oydinlik kiritish uchun Bosh prokuratura matbuot xizmati bilan bog‘landi. Mahkama matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov FarDUning yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i B.R (marhum) fuqaro S.ni universitetning Fizika-texnika fakultetiga o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 7 500 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganini tasdiqladi. Unga ko‘ra, voqelik joriy yilning 17 noyabr kuni sodir bo‘lgan.  Marhum esa  voqelikdan bir kun avval 16 noyabr kuni Farg‘ona shahrida yashovchi «Hurshidbek» ismli shaxsdan qimor o‘yinlarini o‘ynash uchun 57.000.000 so‘m miqdoridagi pullarni ikki kunda, ya’ni 18-noyabrda qaytarish sharti bilan  qarzga olgani aniqlangan. Qarzga olingan pullarni «1xbet» o‘yinlarida yutqazib qo‘ygach, o‘rnini qoplash uchun yuqorida qayd etgan firibgarlik jinoyatiga qo‘l urgan. Ustma-ust kelgan  balolar (qo‘polroq chiqdi, uzr, biroq bundan boshqa so‘z topilmadi) so‘ng B. R. o‘z joniga qasd qilganining ehtimoli juda yuqori, har holda, ish bo‘yicha aniqlangan holatlar va mantiq shunga dalolat qiladi. 

Modomiki, B. R.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan ekan, nega unga nisbatan «qamoqqa olish» ehtiyot chorasi qo‘llanmadi?

H. Shamsutdinovga ko‘ra, jinoyat ishi firibgarlik (168-modda 2-qismi)  alomatlari bilan qo‘zg‘atilgan bo‘lib, B.R. gumondor sifatida so‘roq qilingan, xolos. Jinoyatga tergov yo‘li  bilan aniqlik kiritiladi va shundan keyingina ish holatidan kelib chiqilib, ehtiyot chorasi masalasi hal etiladi. Ikkinchidan, Jinoyat kodeksining 168-modda bilan ochilgan barcha «ish»lar bo‘yicha ham gumondorga nisbatan darhol «qamoqqa olish» ehtiyot chorasi qo‘llanmaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring