Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sirkda och qolgan yo‘lbars odamlarga tashlandi (video)

Sirkda och qolgan yo‘lbars odamlarga tashlandi (video)

Foto: «Kh.vgorode.ua»

Xitoyda sirk namoyishi paytida yo‘lbars hayvon o‘rgatuvchiga hujum qildi, deb yozadi «Daily Mail».

Guvohlar tomonidan olingan videolarda yirtqich hayvon qanday qilib dressirovkachiga tashlanib, uni yerga ag‘darganini ko‘rish mumkin. Sirk xodimlari bir qancha urinishlardan so‘ng yo‘lbarsni tayoq bilan haydashga muvaffaq bo‘lishdi.

Voqea 11-dekabr kuni Shansi viloyatida sodir bo‘lgan. Taxminlarga ko‘ra, hayvon o‘rgatuvchi tomoshadan oldin yo‘lbarsni yaxshi ovqatlantirmagani hodisaga sabab bo‘lgan.

Gazetaning ma’lum qilishicha, dressirovkachi halokatli jarohat olmagan. Chunki yo‘lbarsning o‘tkir tishlari bolaligidayoq olib tashlangan. Jabrlanuvchi shifoxonada tekshiruvdan o‘tgan va ko‘p o‘tmay uyiga ketishga ruxsat berilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring