Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chiqindi sabab bir necha shaxs jarimaga tortildi

Chiqindi sabab bir necha shaxs jarimaga tortildi

Foto: Xabar.uz

Yaqinda Buxoroda ekokuzatuv kameralari ishga tushgani, bu orqali fuqarolarning belgilanmagan joyga chiqindi tashlash yoki boshqa turdagi ekologik huquqbuzarliklariga nisbatan choralar ko‘rilishi haqida xabar berilgan edi.

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmatining «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha,  o‘rnatilgan onlayn kuzatuv kameralari belgilanmagan joyga chiqindi tashlash bilan bog‘liq huquqbuzarliklarni aniqlagan.

Buxoro shahridagi «Hamid Olimjon», «B.Naqshband», «Sherbuddin» va «A.Jomiy» ko‘chasida yashovchi  bir nechta fuqarolarning noqonuniy joyga chiqindi tashlashgani aniqlangan.  Ularga nisbatan MJtKning 91-modda (Sanoat chiqindilarini, maishiy chiqindilarni va boshqa chiqindilarni to‘plash, tashish, joylashtirish, zararsizlantirish, saqlash, utilizatsiya qilish, qayta ishlash, realizatsiya qilish chog‘ida tabiatni muhofaza qilish talablarini buzish) 1-qismi bilan tegishli tartibda bayonnomalar rasmiylashtirilib, jarimalar belgilangan.

«Har bir huquqbuzarga bazaviy hisoblash miqdorining 1 barobari — 340 ming so‘mdan jarima tayinlandi»,-dedi boshqarma matbuot xizmati xodimi Marjona Shukurova.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring