Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Chaqalog‘ini hojatxonaga tashlagan ayol: «Bolaning otasi bilmaydi, u Rossiyaga ketib qolgan» (video)

Chaqalog‘ini hojatxonaga tashlagan ayol: «Bolaning otasi bilmaydi, u Rossiyaga ketib qolgan» (video)

Skrinshot

Internetda Surxondaryo viloyatining Denov tumanidagi bozor hojatxonasiga tashlab ketilgan yangi tug‘ilgan chaqaloq topib olingani haqidagi video tarqaldi. Unda shifokorlar, IIB xodimlari va boshqalar chaqaloqni jonlantirishga urinayotgani tasvirlangandi.

Yangi tug‘ilgan chaqaloq 2-iyul kuni Denov tumanidagi «Lolazor» buyum bozori hududidagi hojatxonadan topilgan. Hozirda chaqaloq Denov markaziy shifoxonasining tug‘ruq bo‘limida, shifokorlar nazorati ostidadir. Aybdor onaga nisbatan esa tuman prokuraturasi ish ochgan. 

«Davr» informatsion dasturiga intervyu bergan ayol bolasini nega bu ko‘yga solganini izohladi. Unga ko‘ra, u bozorga kelganida dard tutgan va bolasini dunyoga keltirgan. Bolaning ovozi chiqmagani va uni o‘lik deb o‘ylab hojatxonaga tashlaganini aytgan. 

«Bolaning otasi bilmaydi, u Rossiyaga ketib qolgan», deydi ayol. 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring