Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Arisda yo‘qolib qolgan mingga yaqin bola topilib, ota-onalariga qaytarildi

Arisda yo‘qolib qolgan mingga yaqin bola topilib, ota-onalariga qaytarildi

Foto: zakon.kz

Mahalliy ijro organlaridagi ma’lumotlarga ko‘ra, portlash sodir bo‘lgan harbiy qism yaqinidagi shahardan evakuatsiya qilingan va psixologik yordamga muhtoj aholi uchun Chimkent, Turkiston, Ordabasi va boshqa tumanlarda 47ta markaz tashkil etilgan. Bu markazlarda 4 ming kishi, jumladan 886 bola bor.

Tezkor guruhlar tomonidan 945 nafar bola topilib, ota-onalariga topshirilgan. Yana 14 nafar bolaning ota-onasini (24 iyun, soat 23 00 holatiga) qidirish ishlari davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bugun Qozog‘istonning Aris shaharchasidagi harbiy qismda joylashgan o‘q-dori omborxonasida kuchli portlash sodir bo‘ldi.

Atrofga yog‘ilayotgan o‘q va oskolkalardan sarosimaga tushgan aholi yaqinroq hududlardagi shaharlarga qochishdi. Chimkent aholisi shaharlararo yo‘lga chiqib, qochqinlarga suv yetkazib berib turdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring