Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Angor tumani tibbiyot birlashmasi boshlig‘i pora olayotgan vaqtida ushlandi

Angor tumani tibbiyot birlashmasi boshlig‘i pora olayotgan vaqtida ushlandi

Foto:«Xabar.uz»

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi va DXX viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir o‘tkazildi.

Unda Angor tumani tibbiyot birlashmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi N.X. fuqaro O.B.ni yuqumli kasalliklar bo‘limiga kichik tibbiy xodim vazifasiga ishga qabul qilish evaziga birlashma kadrlar bo‘limi boshlig‘i N.S. orqali 2,5 mln. so‘m pullarni pora tariqasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan N.X. va N.S.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.  

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring