Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonlik erkak 70 yoshli qo‘shni ayolning boshiga ketmon bilan urdi. Va...

Andijonlik erkak 70 yoshli qo‘shni ayolning boshiga ketmon bilan urdi. Va...

Ijtimoiy tarmoqlarda andijonlik kelin qaynonasini ketmon bilan urib o‘ldirib qo‘ygani, oradan bir yarim oy vaqt o‘tganiga qaramay ish sudga oshmaganiga oid xabarlar tarqaldi. 

Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov «Xabar.uz»ga shunday voqea sodir bo‘lganini tasdiqladi. Biroq jinoyat sodir etgan shaxs ayol ekanini inkor etdi.

Unga ko‘ra, viloyatning Oltinko‘l tumanida yuz bergan mazkur fojea  ortidan 44 yoshli erkak -  M. E. ushlangan va sud ajrimiga asosan «qamoqqa olish» ehtiyot chorasi qo‘llangan. U qo‘shnisi – 1942-yilda tug‘ilgan ayolni o‘zaro  kelishmovchilik natijasida ketmon bilan  qasddan boshiga urgan.Yetkazilgan jarohat jabrlanuvchining vafotiga sabab bo‘lgani bois u Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi «d» bandida (jabrlanuvchining o‘lishiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etishda ayblanmoqda.

Ayni paytda qamoqqa olingan shaxs marhumaning kuyovi emas. Balki sobiq kelinining keyingi turmush o‘rtog‘i hisoblanadi.

Jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari davom etmoqda, ayni jarayonda ish bo‘yicha barcha holatlar o‘rganilib, tegishli huquqiy baho beriladi, dedi H. Shamsutdinov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring