Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda yuk avtomobili odamlar ustiga yurib ketdi (video)

Andijonda yuk avtomobili odamlar ustiga yurib ketdi (video)

Foto: YHXBB axborot xizmati

Joriy yilning 5 iyun kuni soat 19:00 larda, Andijon viloyati, Andijon tumani, Zavroq MFY hududidan o‘tgan avtomobil yo‘lida haydovchi U.Z. «Gaz-5327» rusumli yuk avtomobilida harakatlanayotib boshqaruvni yo‘qotgan va «Pemco» nomli avtomashinalarni ta’mirlash ustaxonasi oldi tomonida to‘xtab turgan «Matiz» hamda «Spark» rusumli avtomobillar bilan to‘qnashuv sodir etgan.

Natijada, hodisa joyida bo‘lgan fuqarolar N.Q., O.Z., X.E., A.M. va voyaga yetmagan M.I.larga turli darajadagi tan jarohati yetgan.

Yuk avtomobil haydovchisi tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilganda mastlik holati tasdiqlangan. 

Mazkur holat yuzasidan Andijon tumani IIB huzuridagi TB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring