Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda voyaga yetmagan o‘quvchiga nisbatan bosqinchilik sodir qilindi

Andijonda voyaga yetmagan o‘quvchiga nisbatan bosqinchilik sodir qilindi

2021 yilning 01 may kuni soat 14:30 larda noma’lum shaxslar Andijon tumani Jahonobod mahallasida yolg‘iz yurgan 14 yoshli S.Odilbekning oldiga kelib, uning sog‘lig‘i uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatib, unga tegishli «Samsung J 4» rusumli telefon apparatini bosqinchilik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, o‘zlari kelgan «Nexia» rusumli avtomashinaga o‘tirib hodisa joyidan yashiringanlar. Natijada S.Odilbek bosh miya chayqalishi, bosh miya yopiq shikasti kabi jarohatlar olgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari davomida, ushbu jinoyatni 18 yoshli O.Abdulbosit, Q.Otabek va M.Asilbeklar sodir qilganliklari aniqlanib, ular protsessual tartibda ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Andijon tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O.Abdulbosit, Q.Otabek va M.Asilbeklarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 2-qismi «b» bandi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinganlar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring