Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bo‘z tumanida bank boshqaruvchisi pora bilan qo‘lga tushdi

Bo‘z tumanida bank boshqaruvchisi pora bilan qo‘lga tushdi

Foto:«Xabar.uz»

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bo‘z tuman bo‘limi boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi. Unda AT «Xalq banki» Bo‘z tuman filiali boshqaruvchisi A.A. «M» MChJ bilan tuzilgan shartnomaga asosan o‘z mablag‘lari hisobidan issiqxonalarni qurib bitkazganligi uchun O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi jamg‘armasidan ajratilgan 66 mln. so‘mni «M» MChJ hisob raqamiga o‘tkazib berishi evaziga jamiyat rahbari F.A.dan 10 mln. so‘m pora talab qilib olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur ma’lumot Bosh prokuratura matbuot xizmati tomonidan ma’lum qilindi.

Makur holat yuzasidan A.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring