Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

57 yoshli erkak 18 yoshli qizi va xotinini o‘ldirib qo‘ydi

57 yoshli erkak 18 yoshli qizi va xotinini o‘ldirib qo‘ydi

2021-yil 28-aprel kuni soat 9:00 da Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Amudaryo tumani IIO FMBga kelib tushgan xabarga ko‘ra, Amudaryo tumani «O‘rta qal’a» qishlog‘ida yashovchi 1969 yilda tug‘ilgan A.D. va uning 2003-yilda tug‘ilgan qizi R.A. larning jasadi qotillik alomatlari bilan topilgan. 

Olib borilgan tergov-surishtiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni marhum A.D. ning turmush o‘rtog‘i 1964-yilda tug‘ilgan R.M. mast holida o‘zaro janjal oqibatida sodir etgani aniqlangan.

Mazkur holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

R.M. Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Amudaryo tumani sudining 2021-yil 29-aprel kungi hukmi bilan unga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. 

Ayni paytda holat bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring