Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Ikki ming «ko‘ki»ga Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga ishga kiritib qo‘yaman...»

«Ikki ming «ko‘ki»ga Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga ishga kiritib qo‘yaman...»

Foto: Xabar.uz

Navoiyda qo‘shnisidan uni ishga joylashtirish evaziga pul undirayotgan shaxs ushlandi. Bu haqda «Xabar.uz»ga Navoiy viloyat IIB axborot xizmati rahbari O‘ktam Usmonov ma’lum qildi.

24 yoshli fuqaro R.N. Navoiy davlat pedagogika institutini tamomlagach, o‘qituvchi bo‘lib ishlashni xohlamagan. Va turli idora, tashkilotlardan ish izlay boshlagan. R.N.ning ish topolmay yurganidan xabar topgan qo‘shnisi H.T. uni O‘zbekiston Respublikasi FVV viloyat bo‘yicha boshqarmasining kadrlar xizmatida ishlaydigan tanishi orqali ishga kiritib qo‘yishini bildirgan. «Seni Favqulodda vaziyatlarga ishga kiritib qo‘yaman. Ishtirokchilarning xizmati evaziga 2000 AQSh dollari berasan...» deya uni pora berishga dalolat qilgan.

«Avvaliga bu haqda ko‘p o‘yladim. Yaxshi maoshli ish topishda qiynalib qolganim bois, qo‘shnim talab qilayotgan  pulni berishga qaror qildim. Negaki, u bundan sal ilgariroq xuddi shu asnoda mahallamizdagi E.Yu.ni ham favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga ishga kiritib qo‘yganini eshitgan edim», — degan tergov jarayonida R.N.

Holatga ko‘ra, R.N. qo‘shnisi talab qilayotgan pulning bir qismi — 11 million so‘mni H.T.ga oldindan  berayotgan vaqtda viloyat IIB JQB hamda DXX viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan ushlangan.

Hozirda tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring