Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

YPX xodimlari qo‘lida narkotester ham bo‘ladi

YPX xodimlari qo‘lida narkotester ham bo‘ladi

Foto: «Xabar.uz»

Vazirlar Mahkamasining 25.03.2023 yildagi 131-son qarori bilan Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi (2018 yil 1 dekabrdagi 975-son VMQ qarori bilan tasdiqlangan).

 Xususan, o‘zgartirish va qo‘shimchalar quyidagilarni nazarda tutadi:

  • transport vositalari haydovchilarining giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar iste’mol qilganligi holatini aniqlashda narkotester maxsus moslamasidan foydalanish;
  • narkotester maxsus moslamasi yordamida transport vositalari haydovchilarining giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar iste’mol qilganligi aniqlangan hollarda yo‘l-patrul xizmati xodimlari tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan harakatlar algoritmi.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 28.03.2023 yildan kuchga kirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring