Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Asaka zavodi o‘z faoliyatini vaqtincha to‘xtatadi

Asaka zavodi o‘z faoliyatini vaqtincha to‘xtatadi

UzAuto Motors rasman BIQ4 (build in quality) sifat standartlari sertifikatini qo‘lga kiritdi. Kelgusi yaqin yillarda GM tizimidagi eng yuqori BIQ NEXT sifat darajasini olish maqsad qilib olingan.

Kompaniya matbuot xizmati xabariga ko‘ra, sifat standartlariga bo‘lgan talabning oshishi barcha Chevrolet modellariga bevosita ta’sir qiladi. Shu sababli ishlab chiqarishda barcha zarur modernizatsiya jarayonlarini amalga oshirish maqsadida 2021-yil yanvar oyida Asaka zavodi faolyatini vaqtincha to‘xtatish rejalashtirilgan.

Shu bilan bir vaqtda, respublikamizning barcha hududlaridagi Shevrole dilerlik tarmog‘i yangi standartlarga o‘tkaziladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring