Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangi turdagi bioyonilg‘i yaratildi

Yangi turdagi bioyonilg‘i yaratildi

Foto: «Avtonov»

Shvetsiyaning Upsala universiteti bioyonilg‘ining yangi turini patentladi. Bu haqda «Sveriges Radio SR» radiosi xabar berdi.

Yangi turdagi bioyonilg‘ini faqat yorug‘lik, suv va karbonat angidriddan oziqlanuvchi fotosintezlovchi bakteriyalar ishlab chiqaradi. Bular, asosan, ko‘k-yashil suv o‘tlari deya nom olgan sianobakteriyalardir.

Bu bateriyalar o‘sishi davomida ekologik toza yonilg‘i — butanol moddasini ishlab chiqaradi. Butanol bir atomli spirt hisoblanadi. Bu yonilg‘ining qo‘llanish sohalari juda keng.

Ushbu loyihani juda istiqbolli deyishmoqda: juda keng miqdorda ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilsa havoning karbonat angidriddan zaharlanishi pasayadi. Shved olimlarining ishlanmasiga ko‘plab avtokonsernlar, xususan, «Volkswagen» qiziqish bildiryapti.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring