Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Volvo» kompaniyasi logotipini yangiladi (foto)

«Volvo» kompaniyasi logotipini yangiladi (foto)

Foto: «Top Gear»

Shvetsiyaning «Volvo» kompaniyasi logotipini yangiladi. Yangilangan logotiplar o‘rnatilgan ilk mashinalar turkumi 2023-yildan sotuvga chiqariladi. Bu haqda «Teknikens Värld» (Shvetsiya) jurnali xabar berdi.

Kompaniyaning endigi logotipi tep-tekis: dumaloq, strelka va yozuvlarda uch o‘lchamli (3D) ko‘rinishdan voz kechilgan.

Yangi logotip. Skrinshot

«Teknikens Värld» yozishicha, yangi logotip kompaniya ishlab chiqaradigan yengil va yuk mashinalarida, avtobuslarda va dengiz bo‘linmalarida paydo bo‘ladi. O‘zaro farqlash uchun ularda muayyan ranglardan foydalaniladi.

«Volvo» kompaniyasi 1927-yildan beri ishlatgan barcha logotiplar. Skrinshot

Eslatib o‘tamiz, bir yil muqaddam Yaponiyaning «Toyota» va «Nissan» avtokonsernlari ham o‘z logotiplarini yangilagandi.

Logotiplar haqida ko‘proq ma’lumotlar ushbu havolada.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring